English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ixtiyor Esonov: Zamonaviy dunyoda davlatning qudratini inson resursi belgilaydi (+video)
19:56 / 2025-11-20

“Dunyoga nazar plyus” podkasti

Hozirgi beqaror geosiyosiy manzara, demografik siljish, yadroviy kuch muvozanati va global iqlim inqirozi insoniyatni murakkab sinovlar qarshisida qoldirmoqda. Ayniqsa, mintaqalar o‘rtasidagi yangi formatlar va koalitsiyalar shakllanayotgan bir payt tarix bizga geosiyosiy muvozanat doimo o‘zgaruvchan ekanini yodga soladi.

Shu bois har qanday davlat yoki mintaqaviy uyushma o‘z strategik maqsadlarini belgilashda faqat mavjud vaziyatni emas, balki uzoq muddatli tendensiyalarni ham inobatga olishi zarur. Barqaror taraqqiyotni ta’minlash, transchegaraviy xatarlarni kamaytirish va yadroviy xavfsizlikka doir mexanizmlarni mustahkamlash global kun tartibining ustuvor yo‘nalishiga aylanmoqda.

Shubhasiz, o‘zgaruvchan geosiyosiy muhitda pragmatik diplomatiya, kompleks xavf tahlili va xalqaro hamkorlikni kuchaytirish har bir mamlakatning uzoq muddatli manfaati uchun muhim.

  • Markaziy Osiyo + Ozarbayjon – S6 formati reallikka aylanadimi? 
  • Jahonda demografiya muvozanati o‘zgarishi qanday geosiyosiy oqibatga olib kelishi mumkin?
  • Ayrim davlatlarda yadro kuchi mavjudligi nizolarning oldini olyaptimi yoki mavjud xavfni yanada kuchaytiryaptimi?
  • Global iqlim inqirozi resurslar uchun kurash kabi tarixiy qarama-qarshilikni yana yuzaga chiqarishi mumkinmi?
  • O‘tmishdagi Vestfaliya, Versal, Yalta singari buyuk diplomatik bitimlarning hozirgi davrga ta’siri seziladimi?
  • Zamonaviy davlatchilik yo‘qolishi xavfiga uchrayotgan mamlakatlar tarixi bizga nimadan saboq beradi?

O‘zA shu kabi savollarga javob olish maqsadida “Dunyoga nazar plyus” yangi podkast loyihasi orqali tarixchi Ixtiyor Esonovni studiyaga taklif etdi.

Suhbatni O‘zAning “YouTube” kanalida ko‘rishingiz mumkin.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/ehEW7ZJVIs4" title="Ixtiyor Esonov: Zamonaviy dunyoda davlatning qudratini inson resursi belgilaydi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

O‘tkir Alimov,

Dilshod Hakimov,

Nishonboy Abduvoitov (video), O‘zA