French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ixtisoslashtirilgan umumta’lim kasb-hunar maktabida “Navro‘z” bayrami nishonlandi
21:30 / 2022-03-20

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Toshkent imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan 1-son kasb-hunar maktabida “Navro‘z” bayrami o‘tkazildi.

Karnay-surnay sadolari ostida boshlangan mazkur bayram tadbiriga kasb-hunar maktabi o‘quvchilari, O‘zbekiston Davlat san’at va madaniyat institutining folklor jamoasi hamda  o‘zbek milliy estrada yo‘nalishida ijod qilib kelayotgan bir qancha taniqli san’atkorlar tashrif buyurishdi. 

Mehmonlar bahor bayrami nafasi ufurib turgan binoga kirishi bilanoq, ikki yonda o‘quvchilar tomonidan yaratilgan turli ijodiy va milliy hunarmandchilik namunalaridan iborat ko‘rgazmaga duch kelishdi. 

Jumladan, rastalarda milliy hunarmandchilik namunalaridan — to‘quvchilik, tikuvchilik, so‘zana, kosiblik, qo‘lda yaratilgan teleradio qurilmalari, bundan tashqari, maishiy xizmat ko‘rsatish jihozlari, milliy va zamonaviy uslubda tikilgan kiyim-kechaklar, poy’abzallar, rang-barang jimjimador toshlar-u marjonlar bilan yasalgan ikubanalar namoyish etildi. 

Hayratlanarlisi, o‘quvchilar imkoniyati cheklangan bo‘lishiga qaramasdan, aslida ularning katta yurak va nozik did sohiblari ekanligi, qalblarining bir burchida hayotga bo‘lgan muhabbat, bilim va hunar egallashga nisbatan qiziqish, bir so‘z bilan aytganda, kelajakka teran boqib, oliy ezgu maqsadlar sari intilish ular yaratgan san’at asarlarida mujassam edi.  

Badiiy-havaskorlik va professional jamoalarning chiqishlari, o‘quvchilar tomonidan ijro etilgan “Kelin salom”-u laparlar, el ardog‘idagi san’atkorlar tomonidan ijro etilgan klassik qo‘shiqlar va xalqchil raqslar esa bayram ishtirokchilariga madaniy hordiq ulashdi.  

“Bayram” dasturi boshidan yakuniga qadar imkoniyati cheklangan o‘quvchilar uchun maxsus surdo tilida yetkazib turildi.

O‘zA