Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ixtisoslashtirilgan ta’limga e’tibor
17:44 / 2015-03-18

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan “Ta’lim sifati – kelajak kafolati” mavzusida respublika amaliy seminari tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan “Ta’lim sifati – kelajak kafolati” mavzusida respublika amaliy seminari tashkil etildi. 

Unda Abdulla Avloniy nomidagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish markaziy instituti, Respublika ta’lim markazi mutaxassislari hamda vazirlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarning direktorlari ishtirok etdi. 

Mamlakatimizda millati, tibbiy-ijtimoiy holatidan qat’i nazar, barcha bolalarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularning puxta bilim olishi, o‘z qiziqishi va salohiyati bo‘yicha kasb-hunar egallashiga yaqindan ko‘maklashish masalasiga doimiy e’tibor qaratilmoqda. 

Bu jarayonda alohida ehtiyojli bolalarning to‘laqonli ta’lim olishi uchun zarur sharoit yaratish, tibbiy, ijtimoiy, psixologik-reabilitatsiya qilish choralarini kuchaytirish, ularning jamiyatga integratsiyalashuviga yaqindan ko‘maklashish yuzasidan izchil va tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Yurtimizda umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bilan birga ixtisoslashtirilgan ta’lim maskanlari, maktab-internatlarning moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, maxsus ta’lim pedagoglarining kasb malakasini doimiy oshirib borish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. 

Ushbu turdagi ta’lim muassasalarini yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash maqsadida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida defektologiya fakulteti, Nukus, Jizzax, Navoiy, Qo‘qon pedagogika institutlarida maxsus ta’lim kafedralari tashkil etilib, defektolog-kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan. 

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning imkoniyatidan kelib chiqib, turli fanlardan bilim berish bilan birga, ularning kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishi va ishtiyoqini tobora kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mazkur maktablarda chilangarlik, duradgorlik, pazandalik, sartaroshlik, tikuvchilik, to‘quvchilik, kosiblik kabi kasblar bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etilgan. Ayni paytda yumshoq o‘yinchoqlar yasash, rassomlik, zardo‘zlik, musiqa, milliy kashtachilik, sport to‘garaklari muntazam olib borilayotgani bolalarning bo‘sh vaqtini to‘g‘ri va unumli tashkil etish, ijodiy-jismoniy qobiliyatini yanada rivojlantirishda muhim omil bo‘lmoqda. 

Seminarda ixtisoslashtirilgan ta’lim maskanlarida o‘tiladigan o‘quv predmetlarining sifati va samaradorligini yanada yuksaltirish, mehnat ta’limi fani tarkibiga kiruvchi kasblar turlari va darslarini aniq maqsadlarga yo‘naltirib borish yuzasidan ma’ruzalar tinglandi.