Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda “Oq yo‘l bitiruvchi” mavzuida so‘nggi qo‘ng‘iroq tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan mazkur maktabning bu yilgi bitiruvchilari Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarning dastlabki qaldirg‘ochlari hisoblanadi.
Tadbirda ishtirok etgan Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori Hilola Umarova bitiruvchi yoshlarni maktabni muvaffaqiyatli yakunlagani bilan qutladi.
[gallery-2682]
– bugungi kun siz, bitiruvchilar hayotida muhim sana, — deydi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori Hilola Umarova. – Barchangiz katta hayot yo‘liga qadam qo‘ymoqdasiz. Siz qayerga bormang, o‘sha joyda bizning yuzimiz bo‘lasiz. Bu, o‘z navbatida, ham faxr, ham zimmangizdagi ulkan mas’uliyatdir. Kelgusi hayot yo‘lingizda muvaffaqiyatlar tilaymiz. Yo‘lingiz doim ochiq, parvozingiz baland bo‘lsin.
Tadbirda maktab o‘quvchilari o‘zlarining badiiy chiqishlari bilan yig‘ilganlarni xushnud etdi. A’lochi bitiruvchilarga faxriy yorliqlar topshirildi.
A’lo ABDULLAEV (surat), O‘zA