Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ixtisoslashtirilgan maktablarga saralash imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda
12:51 / 2022-07-26

Hozirgi vaqtda qoraqalpog‘istonlik o‘quvchilar uchun Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tizimida yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarga saralash imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda.

Imtihonlar Olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha Nukus oliy sport mahoratlari maktabi hamda Nukus olimpiya va paralimpiya zaxiralari kolleji binolarida kuniga 3 mahal o‘tkazilmoqda. 5-sinflar uchun test jarayonlari 25 iyul kuni boshlangan bo‘lsa, 26 iyul kuni 8-sinflar, 27 iyul kuni 7-sinflar, 28 iyul kuni 6-sinflar, 29 iyul kuni 9-11-sinflar va 30 iyul kuni 10-sinflar uchun bo‘lib o‘tadi.

[gallery-8044]

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, imtihonlarda 20 ming nafardan ziyod o‘quvchi ishtirok etishi kutilmoqda. O‘quvchilarga testlarni ishlash uchun 120 daqiqa vaqt ajratilmoqda. Ular uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

 

Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA