Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari boshlandi
13:11 / 2022-07-03

Joriy yilning 3 iyul kuni Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimida yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlariga start berildi.

Imtihonlar uch smenada: 8.00, 13.00 va 18.00 da bo‘lib o‘tayapti.

Aytish kerakki, 2022 yil 14 aprelda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish to‘g‘risida"gi farmoni qabul qilindi.

Unga ko‘ra, 193 ta ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimida tashkil etiladi. Shundan 168 tasi 2022/2023 o‘quv yilida o‘z faoliyatini boshlamoqda. Mazkur maktablarning 23 tasi maktab-internatlar bo‘lib, ularda yotoqxona ham mavjud. Qolgan 145 ta maktab o‘quvchilar uyidan qatnab o‘qishlari  uchun mo‘ljallangan.

Yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarga 2022/2023 o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 1 iyundan 30 iyungacha on-layn shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshirildi.

2022/2023 o‘quv yilida Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimiga o‘tkazilgan 168 ta ixtisoslashtirilgan maktablarning: 

- aniq fanlar yo‘nalishiga 5-11-sinflarga

- tabiiy fanlar yo‘nalishiga 7-11-sinflarga qabul bo‘lib o‘tadi.

Mazkur maktablar va maktab-internatlarga sinflar kesimida bir necha fanlar bo‘yicha imtihonlar bo‘lib o‘tmoqda.

Yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarga  o‘qishga hujjat topshirgan o‘quvchilarga imtiyoz Prezident ta’lim muassasalari agentligi tomonidan tasdiqlangan Xalqaro, mintaqaviy va asosiy fan olimpiadalarining matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan viloyat bosqichlarida 1-2-3 o‘rinni jo‘natishni egallagan 9-10-11-sinf o‘quvchilariga tatbiq etiladi.

[gallery-7835]

N.Usmonova,O‘zA