Navoiy shahridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi viloyat hududiy bo‘limida viloyatdagi mavjud ixtisoslashtirilgan maktablarning 5-sinfi uchun qabul imtihoni bo‘lib o‘tdi
2025-2026 o‘quv yili uchun мавжуд ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatiga kirish uchun joriy o‘quv yilida umumta’lim maktablarining 4-sinfini bitirgan 1722 nafar o‘quvchi ariza topshirgan.

– Majmuada imtihonlarning shaffof va adolatli o‘tishi uchun puxta tayyorgarlik ko‘rilgan, – deydi Navoiy shahridagi 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktab direktori Odil Norov. – O‘quvchilar to‘liq Face ID tekshiruvidan o‘tkazilib, test jarayonlariga kiritilmoqda. Test hujjatlari imtihon boshlanish jarayonidan oldinroq maxsus qoplarda keltirilib, xolislar ishtirokida ochilgan holda guruhlar uchun biriktirilgan mas’ullar tomonidan o‘quvchilarga tarqatildi. O‘quvchilar matematika va ingliz tilidan test savollarini yechdi.

Bu yil test jarayonlari ikki smenada tashkil etilib, ota-onalar test2025.uz sayti orqali farzandlarining imtihondagi ishtirokini onlayn kuzatib bordi.
A.Bo‘riyev, S.Aslonov (surat), O‘zA muxbirlari