Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Ixtirochilikka qadam” tanlovining g‘oliblari taqdirlandi
17:22 / 2025-07-03

Yoshlik – yangilikka intilish, orzu-umidlar, dadil maqsadlar sari olg‘a qadam tashlash davri. Bu davrda inson yangiliklar qilishga, ijodu izlanishga moyil bo‘ladi.

Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan, davlat va nodavlat umumta’lim maktablarining 5-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida tashkil etilgan “Ixtirochilikka qadam” tanlovining respublika bosqichida bu jihatlar yana bir karra o‘zining yorqin ifodasini topdi. 

Kimdir iqtisodiyot, birov ekologiya, yana kimdir tog‘-kon sanoatiga oid o‘zining ilk loyihalarini tanlovga taqdim etdi. Garchi bu izlanishlar mukammallikdan ancha yiroq bo‘lsa-da, ular o‘quvchi-yoshlarni fikrlashga, o‘z ustida ishlashga, izlanishga undagani e’tiborga molikdir. 

Poytaxtimizda mazkur respublika tanlovining yopilish hamda g‘oliblarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Tadbir Toshkent shahridagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida o‘tkazildi. 

Tanlovda eng yaxshi deb topilgan 10 ta loyiha ishi mualliflariga Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amaliyotga tatbiq etish uchun maxsus vaucherlar taqdim etildi. 

Shuningdek, tanlovda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 1-, 2-, 3-o‘rin egalariga Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan qimmatbaho sovg‘alar taqdim etildi. 

N.Usmonova, O‘zA