FOTOREPORTAJ
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan umumta’lim maktablarining ixtirochilik, ratsionalizatorlik va texnik yangiliklarga qiziquvchi o‘quvchilarini rag‘batlantirish, ularning iqtidorini rivojlantirishga qaratilgan “Ixtirochilikka qadam” tanlovining Samarqand shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tanlovda shahardagi mavjud umumta’lim maktablarining eng sara ixtirochi o‘quvchilari o‘zlarining ta’lim, axborot texnologiyalari, yashil energiya, ekologiya, iqlim o‘zgarishi va qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi loyihalari bilan qatnashdi.
[gallery-26500]
- Texnologiya darslarida ustozimiz bilan turli ishlanmalar ustida ishlab, turli transport vositalarini maketlarini yasaganman, - deydi 73-umumta’lim maktabi o‘quvchi Islomxon Davronov. – Tanlovni eshitib, elektr quvvatida ishlaydigan yuk mashinasi maketini yasab, tanlovda qatnashdim. Bugungi kunda avtotransport vositalarini elektr quvvatiga o‘tkazish orqali havoni ifloslanishini oldini olishga harakat qilinayotgani barchaga ma’lum. Vaqti kelib yuk tashuvchi transport vositalari ham shu bosqichga o‘tishi zarurligini hisobga olib shu loyihaga qo‘l urdim.
Tanlov yakunida hakamlar hay’ati bugungi kun ahamiyatli bo‘lgan eng sara loyihalarni saralab, keyingi bosqich ishtirokchilarini aniqlab oldi.
Alisher ISROILOV(surat),O‘zA