O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tomonidan shu yil 24-28 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan «Rassom va jamiyat. Kelajak san’ati konsepsiyalari» mavzusidagi IX Toshkent xalqaro zamonaviy san’at biyennalesiga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.
Davlatimizning qo‘llab-quvvatlashi bilan Toshkent xalqaro zamonaviy san’at biyennalesi 2001 yildan buyon ikki yilda bir marotaba o‘tkazilib kelinmoqda. U tasviriy san’at sohasida madaniy almashinuv, turli mamlakatlar zamonaviy ijodiy salohiyati bilan tanishuv, zamonaviy san’atning dolzarb muammolarini muhokama qilish uchun ochiq maydonga aylangani bilan e’tiborlidir.
IX Toshkent xalqaro zamonaviy san’at biyennalesi mavzusi 2022 yilda «Rassom va jamiyat. Kelajak san’ati konsepsiyalari», deb belgilanadi. Zamonaviy globallashgan olam turli muammolarning juda murakkab vazmin makonini, g‘oyalari, harakatlari, konsepsiyalari, strategiyalari va texnologiyalarini namoyon etadi.
[gallery-8240]
bugungi kun murakkabliklariga qaramay, kelajak insoniyat jamiyatini doimo tashvishga solib turadi. Mazkur mavzuni tanlashda biyennale tashkilotchilari ijodkor shaxslar va jamiyat aloqadorligining asosiy jihatlarini ochishga, ijodkorning jamiyatga bog‘lanib qolishi yoki aksincha, o‘z ruhiy olamiga sho‘ng‘ib tashqi dunyodan butunlay ajralib qolishiga e’tiborini qaratadilar.
bugungi kunda zamonaviy rassomni nima hammadan ko‘ra ko‘proq tashvishga soladi? Zamonaviy san’atdan nimalar kelajakka meros bo‘lib qolishi mumkin?
Madaniy anjumanda ishtirok etish uchun turli davlatlardan alohida mualliflar va ijodiy guruhlar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha taklif etilgan:
- modern-art (rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik);
- contemporary-art (installyatsiya, video i foto art, konseptual san’at).
Biyennale doirasida «Rassom va jamiyat. Kelajak san’ati konsepsiyalari» mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya tashkillashtiriladi.
N.Usmonova, O‘zA