Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
IWF rahbari “Prezident olimpiadasi” musobaqalarini yuqori baholadi
14:52 / 2025-12-01

Shu kunlarda mamlakatimizda mehmon bo‘lib turgan Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi (IWF) prezidenti Muhammad Hassan Jalood poytaxtimizdagi Olimpiya shaharchasida o‘tkazilayotgan “Prezident Olimpiadasi” sport musobaqalarining taqdirlash marosimida ishtirok etib, yurtimizning istiqbolli sportchilariga medallarni topshirdi. Marosim davomida u yosh atletlarning mahorati, raqobatbardoshligi va O‘zbekistonda sportchilarga yaratilayotgan sharoitlarni yuqori baholadi.

Martabali mehmon O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi raisi Sherzod Hidoyatov bilan o‘tkazgan muloqoti davomida mamlakatimiz sportchilarining so‘nggi yillardagi yuksak natijalarini alohida e’tirof etdi.

Xususan, jahon chempionatida Akbar Jo‘rayev va Ruslan Nurudinovning erishayotgan yuqori ko‘rsatkichlari, Bahrayn mezbonligida o‘tgan Osiyo yoshlar o‘yinlarida terma jamoamiz a’zolari tomonidan qo‘lga kiritilgan 7 ta oltin, 2 ta kumush va 4 ta bronza medallari, Islom birdamlik o‘yinlarida og‘ir atletikachilarimizning 6 ta oltin, 9 ta kumush va 5 ta bronza medaliga egalik qilgani o‘zbek og‘ir atletikasida katta yuksalish ekanini ta’kidladi.

Uchrashuv davomida ushbu muvaffaqiyatlar mamlakatimizda sport sohasida olib borilayotgan izchil islohotlar va aniq strategiyaning natijasi sifatida qayd etildi.

Suhbat yakunida kelgusi yil avgust oyida O‘zbekistonda tashkil etilishi belgilangan o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga tayyorgarlik, 2027 yilgi xalqaro musobaqalar mundarijasi, shuningdek xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlashning muhim jihatlari ko‘rib chiqildi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA