French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
IWF prezidenti “Soyliq” qishlog‘iga bordi
16:55 / 2026-01-26

Poytaxtimizda o‘tayotgan Osiyo olimpiya kengashining 46-Bosh assambleyasida ishtirok etish uchun yurtimizga kelgan Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi (IWF) prezidenti Muhammad Jolud yetakchiligidagi delegatsiya Bo‘stonliq tumanidagi “Soyliq” qishlog‘ida joylashgan Akbar Jo‘rayev nomidagi og‘ir atletika sport klubi faoliyati bilan tanishdi.

Aytish lozim, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yili imzolagan “Og‘ir atletika sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida shu kunlarda O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi tashabbusi bilan Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi “Soyliq” qishlog‘ida Olimpiya o‘yinlari chempioni Akbar Jo‘rayev nomidagi og‘ir atletika sport klubini barpo etish ishlari olib borilmoqda.

Mazkur sport ob’ektida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi prezidenti Muhammad Jalud boshchiligidagi delegatsiya yaqindan tanishdi.

Martabali mehmonlar sport klubi loyihasi, zamonaviy talablarga javob beradigan sport inshooti sifatida rejalashtirilayotgani, yaratiladigan shart-sharoitlarni yuqori baholadi. Mazkur maskan kelgusida jahon va Olimpiya o‘yinlarining sovrindorlari yetishib chiqadigan muhim sport markaziga aylanishiga ishonch bildirishdi.

Tashrif doirasida Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi hamda O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Memorandumga muvofiq, kelgusida Akbar Jo‘rayev nomidagi og‘ir atletika sport klubida xalqaro seminarlar, o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari hamda tajriba almashishga qaratilgan nufuzli tadbirlarni tashkil etish belgilandi.

Bu, mamlakatimizda og‘ir atletika sport turini yanada rivojlantirish, yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.

To‘lqin Ro‘ziyev, O‘zA