Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
IWF kongressida O‘zbekiston tajribasi e’tirof etildi
13:05 / 2022-01-31

Kecha Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi (IWF)ning kongress yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Dunyoning 121 ta davlatidan delegatlar ishtirok etgan mazkur onlayn yig‘ilishda O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari, Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi ijroiya qo‘mita a’zosi Shahrulla Mahmudov va federatsiya bosh kotibi Baxtiyor Abdukarimov qatnashdi.

Unda 2022 yilda og‘ir atletika bo‘yicha o‘tkaziladigan xalqaro musobaqalar mundarijasi hamda joriy yilning 25-26 iyun kunlari Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi prezidentligi uchun bo‘ladigan saylovlarga tayyorgarlik jarayonlari, Xalqaro olimpiya qo‘mitasi tomonidan ilgari surilayotgan talablar keng muhokama qilindi.

Onlayn tarzda o‘tgan anjumanda Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi Maykl Irani bundan bir oy muqaddam Toshkentda yakunlangan jahon chempionati hamda IWFning Ijroiya qo‘mita yig‘ilishi yuqori darajada tashkil etilganligini e’tirof etib, joriy yildagi sport tadbirlarini tashkil etishda O‘zbekiston tajribasini andoza sifatida olish kerakligini ta’kidladi.

Kongressda joriy yilning 30 apreliga qadar IWF prezidentligi uchun nomzodlarni ro‘yxatga olish tartibi hamda uning maxsus komissiyasi tasdiqlandi.

Bu haqda O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

IWF Ijroiya kengashi tomonidan qabul qilingan qarorlar va keng muhokamalar natijasida kongress o‘z ishini yakunladi.

O‘zA