Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
IV «Sohibqiron kubogi» xalqaro turnirida kuchlilar saralanmoqda
09:56 / 2024-06-03

Poytaxtimizdagi Xalqaro shaxmat akademiyasida sovrin jamg‘armasi 20 ming AQSH dollari bo‘lgan IV «Sohibqiron kubogi» xalqaro turnirida 7-tur bahslari yakunlandi.

Turnirning «A» guruhida hamyurtimiz Abdumalik Abdusalimov o‘tgan 7 tur natijasiga ko‘ra 6,5 ochko to‘plab, peshqadamlik qilayotgan bo‘lsa, uning ortidan 5,5 ochko bilan ukrainalik Aleksandr Moiseyenko va neytral shaxmatchi bo‘lgan Jamsaran Sыdыpov bormoqda. «B» guruhida esa Ziyodulla Sayfullayev (O‘zbekiston), Andrey Tyumensev (neytral shaxmatchi) va Lazizbek Shavkatov bir xil 6 ochko jamg‘arib, kuchli uchlikdan o‘rin egalladi.   

IV «Sohibqiron kubogi» xalqaro turniri 4 iyun kuniga qadar davom etadi. Unda ishtirokchilar shveysarcha tizimda (9-tur) o‘zaro ikki guruhga bo‘lingan holda o‘zaro raqobatlashmoqda. Asosiy «A» guruhida 1800 va undan yuqori reytingga ega shaxmatchilar bahs olib borayotgan bo‘lsa, «B» guruhida 1799 va undan past reytingga ega bo‘lgan shaxmatchilar dona surmoqda.   

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA