Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Iteca Exhibitions 2023 yil ko‘rgazmalar mavsumiga yakun yasamoqda 
21:02 / 2023-12-29

Iteca Exhibitions xalqaro ko‘rgazmalar kompaniyasining o‘tgan 28-mavsumi sifat va mahoratning eng yuksak cho‘qqisini namoyish qilgan holda O‘zbekiston ko‘rgazma sanoatidagi mutlaq yetakchilik rolini yana bir bor mustahkamladi. 

Kreativlik va xalqaro andozalarga doimo rioya qilish muvaffaqiyatning asosiy kaliti bo‘ldi va bu o‘z navbatida, turli faoliyat sohalaridan yirik ishtirokchilar diqqatini jalb qildi. Ko‘rgazma maydonchalari biznes-hamjamiyat vakillari, mutaxassis va ekspertlar uchun chinakam muloqot maydoniga aylandi. Bu esa g‘oyalar va tajriba almashishga xizmat qiladi. 2023 yilda jami 19 ta xalqaro ko‘rgazma o‘tkazildi, mazkur ko‘rgazmalar doirasida 9 ta nufuzli forum va anjuman tashkil etildi. Ko‘rgazma va anjumanlarning xilma-xil mavzulari deyarli barcha strategik muhim sohalar – qurilish va energetika sohasidan tortib to‘qimachilik va modalar sanoati, sog‘liqni saqlashgacha bo‘lgan yo‘nalishlarni qamrab oldi.

Iteca Exhibitions tashkilotchilari ko‘rgazmalar ishtirokchilari va tomoshabinlari o‘rtasida o‘zaro harakatlanish va tajriba almashish uchun eng qulay sharoitlarni yaratishga harakat qiladi.   

2023 yilgi ko‘rgazmalarda 57 ta mamlakatdan 4 716 ta kompaniya va brendlar, 241 nafar spikerlar, 3 386 nafar delegat qatnashdi. Eng ko‘p vakolatxonalarga ega mamlakatlar sarasiga Germaniya, Xitoy, Rossiya, Turkiya davlatlari kiradi. Mamlakat eksponentlari sonining ortib, 423 taga yetishi alohida iftixor bag‘ishlaydi. Tomoshabinlarning umumiy soni 105318 kishini, jumladan 72 ta davlatdan tashrif buyurgan 11 518 nafar mutaxassisni tashkil etdi.  Ularning 90 foizi xaridlar borasida asosiy qarorlarni qabul qiluvchi shaxslar, yuqori martabali vakillar va kompaniyalardir. Ta’kidlash joizki, ushbu mavsumda ko‘rgazmalar ishtirokchilari va tomoshabinlar soni bo‘yicha natijalar rekord ko‘rsatkichga yetdi. Bu so‘nggi 28 yil ichidagi eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.   

Hozirda Iteca Exhibitions ofisida 2024 yil ko‘rgazmalar mavsumiga qizg‘in tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Kelayotgan yilda 20 ta xalqaro ko‘rgazma, shuningdek, qator forum va anjumanlar o‘tkazish ko‘zda tutilgan.  

 N. Зиёдуллаева tayyorladi, O‘zA