French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
ITBning 46-yillik yig‘ilishi birinchi ish kuni yakunlari to‘g‘risida
15:31 / 2021-09-02

Xabaringiz bor, 1-4 sentyabr kunlari Toshkentda Islom taraqqiyot banki (ITB) Boshqaruvchilar kengashining 46-yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Yillik yig‘ilish ITBga a’zo mamlakatlarning dolzarb muammolarini muhokama qilish va imkoniyatlarini o‘rganish uchun muhim omil ekani aytilmoqda.

Ta’kidlash joizki, ushbu sammit pandemiya boshlanganidan buyon xalqaro miqyosdagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkazilayotgan birinchi yirik tadbir hisoblanadi.

Xalqaro anjumanning dastlabki ish kuni siyosatchilarga iqtisodiy barqarorlikni qo‘llab-quvvatlovchi mexanizmlarni yaratishda yordam berish vositasi sifatida yangi Barqarorlik indeksi ishga tushirildi.

Yig‘ilish doirasida o‘tkazilgan sessiyada ITB prezidenti Muhammad Al-Jassir ITB indeksini yaratishga nima sabab bo‘lganini gapirib o‘tdi.

– COVID-19 pandemiyasi oqibatida iqtisodiy barqarorlik darajasi misli ko‘rilmagan darajada salbiy ta’sirini ko‘rsatdi. bugungi kunda iqtisodiyotimiz globallashgan va murakkab jarayonda ekanini aytishim kerak. Biz Barqarorlik indeksini a’zo davlatlar siyosatchilarining barqaror iqtisodiyotga bo‘lgan taraqqiyotini kuzatib borishlariga yordam berish uchun ishlab chiqdik, – dedi Al-Jassir.

Taqdimot davomida O‘zbekiston iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining o‘rinbosari Ilhom Norqulov mamlakatlarga iqtisodiy barqarorlikni oshirishga yordam beradigan ba’zi mexanizmlarga to‘xtaldi. U, asosan, pandemiya jamoatchilik darajasida jiddiy muammolarni keltirib chiqargani, jumladan, tibbiy xizmatlarning yuklanishi, ishchi kuchiga ta’siri va blokirovka bilan bog‘liq iqtisodiy imkoniyatlar haqida fikr bildirdi.

Ma’lumot uchun, Barqarorlik indeksi ITBga a’zo 57 mamlakatning siyosatchilariga iqtisodiy barqarorlikni yaxshilashga qaratilgan harakatlarini kuzatishga yordam beradi.

O‘zA