Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Italiyalik shifokorlar: Koronavirus “soya”ga aylandi!
09:15 / 2020-06-06

Rossiyadagi Mechnikov nomli Vaksinalar va sarumlar ilmiy tekshirish instituti Davlat muassasasi ilmiy rahbari Vitaliy Zverev keyingi paytda shunga oʻxshash bayonotlar koʻpayib ketganini iddao qilgan.

“Daily Mail” nashri yozishicha, Milan shahridagi yirik kasalxonalardan birining rahbari Alberto Zangrilyo COVID-19 mutatsiyaga uchragani, yaʼni oʻzining asl xususiyatlarini yoʻqotib boʻlib, kuchsizlanib qolganini aytgan. Italiyaning boshqa bir shahri Genuyadagi gospitaldagi hamkasblari ham uning bu fikrini qoʻllab-quvvatladi. Tahliliy maʼlumotlarga qaraganda, oxirgi oʻn kun ichida olingan test natijalaridagi virusning taʼsir kuchi «judayam kam». Demak, endi xastalikning belgilari unchalik xavfli emas.

Mutaxassislar hozir aniqlanayotgan virus yuqish holatlari bundan ikki oy avvalgilaridan keskin farq qilishini eʼtirof etishdi. Qolaversa, keyingi sutkalarda Italiyada “bor-yoʻgʻi” 355 ta yangi kasallanish holati qayd etilgan.

Rossiyadagi Mechnikov nomli Vaksinalar va sarumlar ilmiy tekshirish instituti Davlat muassasasi ilmiy rahbari Vitaliy Zverev keyingi paytda shunga oʻxshash bayonotlar koʻpayib ketganini iddao qilgan.

«Koronavirus hozir koʻpchilikda belgi bermayapti yoki oʻzining yengil yuqumlilik xossasini namoyon etyapti. Aslida, bu kasallik hali odamlar orasidan hech qayerga yoʻqolgani yoʻq, bizni taʼqib qilishda davom etadi. Toʻgʻri, COVID-19 mutatsiya jarayonini boshidan kechirishi shubhasiz, biroq ayni holat oʻta darajada sezilarli roʻy bermaydi. Yaʼni, ushbu virus muayyan toifadagi kishilarga yuqsada, xastalikni keltirib chiqarmaydigan darajaga hech qachon tushmaydi. Hech boʻlmaganda pnevmoniya yoki qon tomirlari faoliyati buzilishiga sabab boʻladi. Tan olish kerak, avvaliga hamma vahimaga tushgandi, ammo pandemiya davrining oʻrtalariga kelib, oʻlim holati koʻrsatkichi u darajada yuqori emasligi maʼlum boʻldi», — deya vaziyatga izoh bergan ekspert.

U shuningdek Italiyada, asosan, juda ogʻir ahvolda shifoxonalarga keltirilgan bemorlar testdan oʻtkazilganini ham eslatib oʻtgan. Shuning uchun ham mamlakatda oʻlim holatlari koʻrsatkichi, nisbatan, yuqori — 7 foizga koʻtarilgan.

Odatda, bu xastalik umumiy bemorlarning 10 foizida ogʻir kechadi, ularning qariyb 1 foizi halok boʻladi.

“Pandemiya oxiriga borib, menimcha COVID-19 oqibatida yuz beradigan oʻlim holatlari foizning oʻndan bir qismiga teng boʻlishi ayonlashadi. Ayni holat qanchalik koʻp odamga virus yuqqan sari shunchalik oydinlashib boraveradi”, – deydi Vitaliy Zverev.