French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Italiyalik onasining nafaqa puli deb uning jasadini ikki yil yashirib kelgani oshkor bo‘ldi
18:42 / 2021-10-20

Italiyaning Milan shahri yaqinida istiqomat qilayotgan Buchchinasko onasining nafaqa pulini olish uchun uning vafotini ikki yil davomida hukumatdan yashirib kelgani, jasadni esa shkafga berkitgani ma’lum bo‘ldi.

Voqea Xichkokning “Psixo” trilleriga o‘xshab ketadi, deb yozmoqda la Repubblica gazetasi.

Mahalliy karabinerlar 50 yoshli Buchchinaskoning uyini tekshirgani keladi. Karabinerlarga Buchchinaskoning tanishi xabar qilgan bo‘lib, u kampirning o‘limi haqidagi Buchchinaskoning “hikoyasi” yolg‘on ekanini tasodifan bilib qolganini ma’lum qiladi. Buchchinasko unga 80 yoshli onasi qariyalar uyida yashayotganini aytgan, lekin tanishi kampir Alsgeymer xastaligiga chalinib 2019 yil noyabrda vafot etganini yaxshi bilardi.

Bir oydan keyin tanishining sabri chidamaydi va voqea haqida huquq himoyachilariga ma’lum qiladi.

Jasadga taalluqli suyaklar hali tekshiruvdan o‘tkazilishi kerak, lekin erkak hozirdanoq jinoyatni o‘z bo‘yniga olgan.

Hozirda uning bank hisobi hibsga olingan. Qariyb ikki yil mobaynida u onasi uchun oyiga 1 ming 700 yevro olib turgan ekan.