Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Italiyalik mutaxassislar Qo‘qon shahrining arxitekturasi bilan tanishdi
17:13 / 2023-05-30

FOTOREPORTAJ

Qo‘qon shahar hokimi M. Usmonov Italiyadagi Turin arxitektura universiteti o‘qituvchisi va ilmiy xodimi, arxitektura bo‘yicha bir necha xalqaro ko‘rgazmalar sovrindori, 2022 yilda Xitoyda o‘tkazilgan qishki olimpiya o‘yinlari uchun qurilgan sport kompleksi arxitektura loyihasi muallifi Mishel Bonino va Turin arxitektura universiteti professori Fulvio Rinaudo bilan muzokaralar olib bordi.

Muloqot chog‘ida M. Usmonov Qo‘qon shahrining qadimgi madaniyati va tarixi, iqtisodiyoti hamda ijtimoiy hayoti xususida ma’lumot berdi. Uchrashuvda qo‘qonlik arxitektorlar va kun tartibidagi masalalarga aloqador boshqa mas’ullar ham ishtirok etdilar.

Qo‘qon shahriga tashrifi doirasida mehmonlar Xudoyorxon O‘rdasi, Xalqaro turizm va hunarmandchilik markazi bilan tanishdi. Shuningdek, muloqot chog‘ida arxitektura sohasidagi loyihalar bo‘yicha fikr almashilib, turli sohalarda hamkorlik aloqalarini rivojlantirish masalalari muhokama etildi.

[gallery-12117]

Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA