Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Italiyalik investorlarning yurtimizdagi faoliyati kengayadi
10:20 / 2022-05-19

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov “Berlusconi Finanzaria” investitsiya jamg‘armasi Prezidenti Paolo Berluskoni hamda “Energy System” kompaniyasi prezidenti Roberto Tuchchi bilan uchrashdi.

Uchrashuv chog‘ida italiyalik tadbirkorlar tomonidan mamlakatimizda investitsiyaviy faoliyatni yo‘lga qo‘yish va kengaytirish istiqboli muhokama qilindi. 

Italiya tomoni energetika sohasida, shuningdek maishiy chiqindini qayta ishlash bo‘yicha yirik loyihalar amalga oshirishga qiziqish bildirdi. Kompaniya rahbariyati hududlarimizda za’faron yetishtirish miqdorini oshirish rejasini ilgari surdi. 

Ayni yo‘nalishdagi hamkorlik ushbu mahsulot bilan savdo qiladigan o‘zbek fermerlarining xalqaro bozordagi mavqeini mustahkamlash va qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratishga xizmat qiladi.

Tomonlar ko‘zda tutilgan loyihalarni tezroq hayotga joriy etish bilan bog‘liq barcha masalalarni batafsil ko‘rib chiqdi. Tezkor yechimlar bo‘yicha hamkorlik mexanizmi ishlab chiqildi.

Uchrashuv yakunida muntazam aloqa va faol muloqotni davom ettirishga kelishildi.

O‘zA