Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Italiyaga yil boshidan buyon rekord darajadagi muhojirlar yetib keldi
11:48 / 2023-08-16

2023 yil boshidan buyon 100 mingdan ortiq muhojir O‘rta yer dengizini kesib o‘tib, Italiyaga yetib keldi, xuddi shunday ko‘rsatkich 2022 yil davomida qayd etilgan, deb yozadi La Repubblica.

2022 yilda aynan shu davrda Italiyaga 48 ming, 2021 yilda esa 33 ming muhojir kelgan.  

Joriy yil boshidan buyon 2000 dan ortiq noqonuniy muhojir Italiyaga kirishga urinib halok bo‘ldi.  

Italiya ichki ishlar vaziri Matteo Pyantedosining aytishicha, noqonuniy muhojirlarning rekord soni “Tunisdagi dramatik ijtimoiy-iqtisodiy inqiroz bilan bog‘liq bo‘lgan migratsiya bosimining natijasidir”.  

Iyun oyida Yevropaning ichki ishlar bo‘yicha komissari Ilva Yoxansson O‘rta yer dengizi bo‘ylab Liviyadan Yevropa Ittifoqi sohillariga xavfli sayohat qilgan muhojirlar soni 2023 yilda 600 foizga oshganini aytgan.  

O‘zA