Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Italiyada transport xodimlari COVID-19ga qarshi vaksina talab qilib ish tashlamoqda
16:16 / 2021-04-23

Italiya temir yo‘llari va shahar transporti ishchilari Orsa kasaba uyushmasi chaqirig‘i bilan umummilliy zabastovka e’lon qildi. Ishchilar hukumatdan COVID-19ga qarshi vaksina bilan ta’minlashni talab qilmoqda.

"Emlash jarayoniga kiritilishi mo‘ljallangan yosh toifasi hukumat darajasida belgilab olinganda, noma’lum sabablarga ko‘ra, transport xodimlari ro‘yxatga kiritilmagan", — deyiladi Orsa rahbariyati tarqatgan bayonotda. “Shu sababli kasaba uyushmasi hukumatni "transport sohasida band bo‘lgan xodimlarni zudlik bilan emlashni hamda ularni emlanuvchi yosh toifalari ro‘yxatiga kiritishni talab qiladi", deyiladi bayonotda.

Italiya infratuzilmalari va transport vazirligi saytiga joylashtirilgan xabarda ta’kidlanishicha, shahar transportining aksariyat ishchilari oqshom paytida harakatlarni to‘rt soatga to‘xtatadi. Rim shahrida avtobuslar, tramvaylar, metro va shahar atrofi elektrpoyezdlari soat 20:30 boshlab to‘rt soat davomida ishga chiqmaydi.

Ish tashlashlar Italiyaning boshqa shaharlarida ham uyushtirilishi kutilmoqda, deyiladi xabarda.