Italiyada o‘t o‘chiruvchi samolyot Etna vulqoniga qulab tushdi
O‘t o‘chiruvchi samolyot Italiyaning Sitsiliya orolidagi Etna vulqoni yonbag‘irlarining biriga qulab tushdi, deb xabar berdi mahalliy la Sicilia nashri.
Corriere del Mezzogiorno gazetasining ma’lum qilishicha, samolyot bortida ikki nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan, ular halok bo‘lishgan.
Fuqaro mudofaasi xizmatiga qarashli samolyot Kataniya shahridan uzoq bo‘lmagan o‘rmonlarda tarqalgan yong‘in o‘choqlarini o‘chirish bilan shug‘ullangan.
Halokat samolyot suv olgani dengizga qaytayotganida ro‘y bergan. Guvohlarning aytishicha, samolyot yerga qulagandan keyin portlash sodir bo‘lgan va yong‘in boshlangan.
Xabarda voqea joyiga karabinerlar va qutqaruv xizmati xodimlari yetib kelgani aytilmoqda.