Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Italiyada namoyishlar bo‘lib o‘tdi (+video)
20:15 / 2025-09-23

Italiyada norozilik namoyishchilari hukumatdan Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzishni va G‘azoda kechayotgan urush munosabati bilan sanksiyalar joriy etishni talab qilmoqda. Shu munosabat bilan Italiyada dushanba kuniumummilliy ish tashlash boshlandi. Euronews xabar berishicha, “bu - Italiya kasaba uyushmalari tomonidantashkil etilgan eng yirik norozilik aksiyasidir. U G‘azodagi tinch aholi va xalqaro gumanitar harakattashkilotini qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkazilmoqda. Ushbu flotiliya urush girdobida qolgan anklavga yordametkazishga harakat qilmoqda.”

Ish tashlashlar o‘tgan hafta e’lon qilingan edi. Bu tadbir davlat va xususiy sektor faoliyatiga ta’sir qilishimumkinligi aytilgan edi. Kutilganidek, dengiztransporti, logistika, ta’lim kabi sohalar umumiy ishtashlashdan jabr ko‘rmoqda.

Eng yirik norozilik aksiyalaridan biri Rimda bo‘lib o‘tdi. Unda 100 000 nafardan ortiq kishi ishtirok etdi. Asosantalabalar, kasaba uyushmalari a’zolari va Falastinniqo‘llab-quvvatlovchi guruhlar qatnashdi. Ular Italiya hukumatidan Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzishni, sanksiyalar joriy etishdan tashqari Italiya Bosh vaziridan Isroilning G‘azodagi harbiy operatsiyasiga qarshi qat’iy pozitsiya egallashini  talab qilmoqda. 

Hatto, Italiyadagi muxolifat partiyalar ham Falastindavlatini tan olishni talab qilmoqda.

Italiya OAVlari Milan va Venetsiya shaharlaridanorozilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuvlar bo‘lganihaqida xabar berdi. Bolonyada namoyishchilaravtomagistralni to‘sib qo‘ygan, Genuyada esa portga olibboradigan yo‘llar bloklangan.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/Hu9uhObMCQg" title="Italiyada namoyishlar bo‘lib o‘tdi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Kenja Bekjonov, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA