Italiyada kutilmaganda Etna vulqoni uyg‘ondi
Kuni kecha Italiya milliy geofizika va vulqonshunoslik instituti janubi-sharqiy kraterda 3 ming metr balandlikda vulqon otilganini qayd etdi, deb xabar tarqatdi Euronews.com.
Lava oqovalarini mahalliy aholi ham kuzatish imkoniyatiga ega bo‘lgan. Oradan bir necha soat o‘tgandan keyin Etna faolligi susaya boshlagan. Biroq Sitsiliya osmonida quyuq tutun va kul paydo bo‘lgandan keyin, Kataniya aeroporti faoliyatini to‘xtatgan. Odatda mazkur aeroport bir kunda 200 ga yaqin reyslarga xizmat ko‘rsatardi.
Iyun oyida Filippinda ham eng faol sanalgan Mayon vulqonidan lava va zaharli gaz otila boshlagan edi, Gavayi orolida esa uch oylik uyqudan keyin Kilauea vulqoni qayta uyg‘ondi.