Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Italiyada jurnalistlar ish tashladi
17:36 / 2024-05-07

Italiyadagi “RAI” davlat televideniye va radio korporatsiyasi yangiliklar xizmati jurnalistlari ish tashlash e’lon qildi. Rahbariyat harakati va hukumatning jamoa faoliyatiga aralashuvi sabab uyushtirilgan tadbirda “Usigrai” kasaba uyushmasi a’zolari ham ishtirok etgan. Ma’lum bo‘lishicha, ish tashlovchilar o‘z qarorini rahbariyat tomonidan “dasturlar kasaba uyushmasi bilan muhokama qilinmasdan birlashtirilgani, nafaqaga chiqqan yoki tug‘ruq ta’tilida bo‘lganlar o‘rni to‘ldirilmagani va ish haqi kamaytirilgani”ga qarshi norozilik tarzida izohlamoqda.

“RAI” tarkibida markaziy televideniyening bir necha kanali, radiostansiya va saytlar birlashtirilmoqda. Yetakchi “Rainews24” yangiliklar kanali dushanba kuni beriladigan ertalabki yangiliklar ko‘rsatuvi o‘rniga ish tashlash belgisi sifatida avval yozib olingan materiallarni namoyish etmoqda.