Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Italiyada ikki kishi Rossiya foydasiga josuslik qilishda ayblanmoqda
16:04 / 2021-03-31

Italiya karabinerlari tomonidan Rossiyaning Rimdagi elchixonasida ishlayotgan zobit hamda Italiya harbiy dengiz floti kapitani josuslikda gumon qilinib hibsga olindi, deyiladi karabinerlarning maxsus bo‘limi bayonotida.

«Operatsiya ular orasida maxfiy uchrashuv o‘tkazilayotgan chog‘da, ya’ni italiyalik zobit pul mukofoti evaziga maxfiy hujjatlarni berayotganda amalga oshirildi. Italiyalik zobit qamoqqa olingan, rossiyalik fuqaroning ishi esa uning diplomatik maqomi tufayli ko‘rib chiqilyapti», – deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, qo‘lga olish seshanba kuni oqshom payti amalga oshirilgan.

Ushbu jinoiy faoliyatni tekshirish Italiya maxsus xizmati ichki ma’lumotlar va xavfsizlik agentligi (AISI) hamda mamlakat mudofaa vazirligining bosh shtabi tomonidan olib borilmoqda.