Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Italiya uchun G‘azoni tiklash jarayonida ishtirok etish muhim
14:47 / 2026-02-16

Italiya Bosh vaziri o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Antonio Tayani mamlakatining “Tinchlik kengashi”da kuzatuvchi sifatida ishtirokini Yaqin Sharqni barqarorlashtirishga qaratilgan dadil qadam sifatida baholadi. Bu haqda “Italpress” nashri yozgan.

Mulozim Italiya G‘azoni qayta tiklash jarayonidan chetda qolmasligi kerakligini ta’kidlab, mazkur amaliyot hukumatning mintaqada tinchlikni mustahkamlashga qaratilgan siyosati davomi ekanini bildirgan.

Tayani ayrim siyosiy kuchlar tomonidan bildirilgan “Italiya AQSH siyosatiga tobe” mazmunidagi tanqidlarni inkor etdi. Uning aytishicha, mazkur tashabbusga Yevropa Ittifoqi va boshqa mintaqalar davlatlari ham qo‘shilgan. Demak, hozirgi vaziyatni bir tomonlama qaramlik sifatida talqin qilish asossiz.

Shuningdek, vazir ayni masala yuzasidan siyosiy yo‘nalishni belgilash uchun parlamentda ovoz berilishini ma’lum qildi. Italiya konstitutsiyaviy cheklov sabab kengashga to‘liq a’zo bo‘la olmasligi, faqat kuzatuvchi maqomida ishtirok etishi muhimligiga urg‘u berdi.

D.Hakimov, O‘zA