English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Italiya tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vaziri bilan uchrashuv
16:53 / 2021-12-08

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov “Italiya – Markaziy Osiyo” shaklidagi ikkinchi vazirlar konferensiyasida ishtirok etish uchun Toshkentga kelgan Italiya tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vaziri Luiji Di Mayo bilan uchrashdi.

Tashqi siyosat idoaralari rahbarlari Ikkinchi vazirlar uchrashuvi samarali bo‘lganini mamnuniyat bilan qayd etib, ayni shakldagi muloqot Italiya va mintaqa mamlakatlari o‘rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar, ta’lim sohalarida ko‘p qirrali va barqaror hamkorlikni rivojlantirish uchun salmoqli salohiyatga ega ekanini ta’kidladilar.


Yig‘ilishda ikki tomonlama qo‘shma tadbirlar, jumladan, 2022 yil Toshkent shahrida Savdo-iqtisodiy va sanoat hamkorlik va eksport kreditlari bo‘yicha O‘zbekiston-Italiya hukumatlararo ishchi guruhining 7-yig‘ilishini o‘tkazish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.


Parlamentlararo muloqotni yanada mustahkamlash, hududlararo munosabatni, xususan, Samarqand viloyati va Lombardiya hududi o‘rtasidagi hamkorlikni faollashtirish, shartnomaviy-huquqiy bazani mustahkamlash, o‘zaro sayyohlik oqimini tezlashtirishga har ikki tomon tayyorligi bildirildi.
2022 yil O‘zbekiston va Italiya o‘rtasida diplomatik munosabat o‘rnatilganining 30 yilligini qo‘shma tadbirlar orqali nishonlash masalasiga alohida e’tibor qaratildi.
Muloqotda ikki davlatning xalqaro tashkilotlar doirasidagi o‘zaro hamkorligi kun tartibi ham ko‘rib chiqildi.

G‘.XONNAZAROV,O.G‘ULOMOV (foto), O‘zA