Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Italiya Ta’lim va e’tiroflar vaziri bilan muloqot
09:10 / 2025-03-19

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi delegatsiyasining Italiyadagi uchrashuvlari doirasida Italiya Ta’lim va e’tiroflar vaziri Juzeppe Valditara bilan muloqot tashkil etildi.

Unda tomonlar ikki mamlakat o‘rtasida maktabgacha va maktab ta’limi sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirish, tajriba almashish hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, o‘qituvchilar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, maktablarda sun’iy intellektni joriy etish, o‘quvchilarni kasbga tayyorlash va yangi o‘quv dasturlarini yaratish bo‘yicha hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Italiya tomoni O‘zbekistonda xorijiy tillarni o‘qitishga bo‘lgan alohida e’tiborni yuqori baholagan.  

Bundan tashqari, Italiyadan malakali mutaxassislarni yuborish, italyan tili mutaxassislarini tayyorlash va o‘quvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yishga tayyor ekanliklarini bildirdi.

Muhayyo Toshqorayeva,

O‘zA