Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Italiya sport maydonida o'zbek chavandozi mahoratini namoyish etdi
12:46 / 2023-04-17

Italiyada ot sportining konkur yo‘nalishi bo‘yicha o‘tgan "AREZZO ITALY Toscana Tour 2023" musobaqasida o‘zbekistonlik chavandoz Abdurahmon Abdullayev yurtimiz sharafini himoya qildi.

Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.

Xalqaro musobaqaning 140 santimetr balandlikdan sakrash dasturida ishtirok etgan Abdurahmon Abdullayev “Quintair” laqabli tulporida o‘z omadini sinab ko‘rdi.

Olimpiya o‘yinlari ishtirokchilari va jahon kubogi g‘olib va sovrindorlaridan tashkil topgan 41 nafar tajribali chavandozlar qatnashgan bahslarda hamyurtimiz 18-natijani qayd etdi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA