Italiya parlamenti tarqatib yuboriladi
Italiya prezidenti Serjo Mattarella parlamentni tarqatib yuborish bo‘yicha qaror qabul qildi.
Davlat rahbari, shuningdek, navbatdan tashqari parlament saylovlari 70 kundan kechiktirilmagan vaqtda tashkil etilishini ta’kidlagan, deyiladi "Interfax.ru"ning Rim axborot manbalariga asoslangan xabarida.
Qayd etilishicha, Italiyada muddatidan oldingi parlament saylovlari 18 yoki 25 sentyabr kunlari o‘tkazilishi mumkin.
Avvalroq Mattarella Italiya bosh vaziri Mario Dragi iste’fosini qabul qilgan edi.