Italiya JCH-2026ga chiqa olmasa, Buffon terma jamoadan ketadi
Italiya terma jamoasi delegatsiyasi rahbari Janluiji Buffon, agar milliy jamoa AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadigan 2026-yilgi jahon chempionatiga chiqa olmasa, o‘z lavozimini tark etadi.
Italiya terma jamoasi delegatsiyasi rahbari Janluiji Buffon, agar milliy jamoa AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadigan 2026-yilgi jahon chempionatiga chiqa olmasa, o‘z lavozimini tark etadi.
Football Italia nashri ma’lumotlariga ko‘ra, «Yuventus»ning sobiq darvozaboni Italiya terma jamoasining JCH-2026 yo‘llanmasi uchun o‘tkaziladigan o‘tish o‘yinlaridagi muvaffaqiyatli ishtirokiga ishonadi, biroq «Skuadra adzurra» ketma-ket uchinchi bor jahon birinchiligidan qolib ketsa, iste’foga chiqadi.
O‘tish o‘yinlari 2026-yilning 26-martidan 31-martigacha bo‘lib o‘tadi. Dastlabki o‘yinda Italiya Shimoliy Irlandiya bilan to‘qnash keladi. Jennaro Gattuzo jamoasi g‘alaba qozongan taqdirda, Shvetsiya yoki Ukraina bilan kuch sinashadi.