Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Italiya jamoatchiligi O‘zbekistonning kelgusi besh yildagi islohotlaridan xabardor qilindi
12:40 / 2022-03-14

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi rahbari Eldor Tulyakov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi, mamlakatimizning Rimdagi elchixonasi, Osiyo va Afrika O‘rta yer dengizi instituti (ISMAA) hamkorligida ijtimoiy-siyosiy, ekspert-tahliliy va ishbilarmon doiralar, shuningdek, Italiya OAV vakillari uchun 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi mazmun-mohiyatini tushuntirish va muhokama qilishga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.

Bu haqda «Taraqqiyot strategiyasi» markazi Axborot xizmati xabar berdi.

Tadbirda O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi har bir ustuvor yo‘nalishiga alohida to‘xtalib o‘tdilar. Strategiyaning har bir yo‘nalishi doirasidagi asosiy maqsad va vazifalar ochib berildi. Xususan, O‘zbekistonning inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etishga qaratilgan izchil islohotlarni davom ettirish uchun qat’iy irodasi mavjudligi e’tirof etildi.

Joylardagi muammolarni hal qilishda mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlarining roli va mas’uliyatini oshirish, fuqarolarning ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan ixcham va samarali boshqaruv tizimini yaratish, markaziy davlat organlarini tranformatsiya qilish orqali «Yangi O‘zbekiston – xalqparvar va insonparvar davlat» g‘oyasini amalga oshirish naqadar muhimligiga alohida e’tibor qaratildi.

Ta’kidlash joizki, adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish muhim yo‘nalishlardan biridir. Shu nuqtai nazardan O‘zbekistonda sud-huquq tizimining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, huquqni muhofaza qilish organlarining faoliyatini takomillashtirish, advokatlik rolini kuchaytirish va ushbu sohani raqamlashtirish jarayonini amalga oshirish doimiy e’tiborda.

O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish va mustahkamlashga qaratilgan kuchli ijtimoiy siyosat yuritish, ularning samaradorligi va imkoniyatlarini oshirish, ommaviy sport, shu jumladan, tegishli infratuzilmani yaratish, ushbu sohalarni rivojlantirish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan yo‘nalishlarga ham batafsil to‘xtalib o‘tdilar.

Shuningdek, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning ijobiy natijalari, investorlar, jumladan, xorijiy sarmoyadorlar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar haqida ham atroflicha ma’lumot taqdim etildi.

E.Tulyakov ushbu strategik hujjat ijrosini monitoring qilish va keng jamoatchilikka yetkazish, shu bilan birga, ko‘zda tutilgan islohotlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish bo‘yicha tahlil va tadqiqotlar olib borishda “Taraqqiyot strategiyasi” markazining o‘rni va roli haqida qisqacha so‘zlab berdi.

Davra suhbati yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi doirasida ko‘zda tutilgan islohotlar bo‘yicha Italiya jamoatchiligi va jurnalistlarining savollariga batafsil javob berdilar.

O‘zA