Italiya gaz iste’molini kamaytirmoqchi emas
Italiya hukumati Yevropa komissiyasining gaz iste’molini 15 foizga kamaytirish taklifiga qarshi chiqishga qaror imzoladi.
"Il Sole 24 Ore" nashri xabariga ko‘ra, Italiya hukumati bunday rejaga qarshi chiqqan boshqa mamlakatlarga qo‘shiladi.
«15 foizga qisqartirish iqtisodiyotning bir qator tarmoqlarini ortiqcha va asossiz qurbonliklar qilishga majbur qiladi»,deyiladi maqolada.
Ilgari Ispaniya, Portugaliya, Gretsiya kabi davlatlar Bryusselning bu rejasiga qarshi chiqqan edi.