Italiya fuqarolarini Ukrainani tark etishga chaqirdi
Italiya tashqi ishlar vazirligi Kiyevga raketa hujumlari uyushtirilayotgan bir sharoitda fuqarolariga Ukrainani tark etishni tavsiya qiladi, deb xabar bermoqda tashqi siyosat idorasining inqirozlar markazi.
Fevral oyidan buyon ilk bor TIV Ukrainada bo‘lib turgan italiyaliklarga mamlakatni tark etishni so‘rab murojaat qilmoqda.
"17 oktyabr kuni Kiyev va mamlakatning boshqa shaharlariga yana hujum uyushtirildi", – deb yozmoqda TIV inqirozlar markazi maxsus portalida. Xabarda komendantlik soati va zarur bo‘lganda yashayotgan joyini tark etib, yashirinadigan joylarga borishga tayyor turish haqida ma’lumotlar berilgan.
RF qurolli kuchlari Ukrainaning infratuzilmalariga zarba berishni bir hafta avval boshlagan edi. Zarbalar energetika, harbiy boshqaruv va aloqa ob’ektlariga berilmoqda.