Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Italiya Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga qo‘shilishini qo‘llab-quvvatlaydi
14:34 / 2022-04-15

Italiya tashqi ishlar vaziri Luiji Di Mayo Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga qo‘shilish niyatini qo‘llab-quvvatlar ekan, Xelsinkining Alyansga a’zo bo‘lishi qonuniy hisoblanadi, deb bayonot berdi.

"NATO – bu mudofaa alyansi bo‘lib, unga qo‘shilmoqchi bo‘lgan mamlakatlar o‘zlarini NATO himoyasida yanada xavfsiz hisoblaydi. Agar Shvetsiya va Finlyandiya NATOga kirishni istasa, ular yaxshi qabul qilinadi, chunki ularda standartlar bo‘yicha muammo yo‘q", – dedi Di Mayo Rai1 telekanaliga bergan intervyusida.  

Vazirning aytishicha, agar Finlyandiya aholisining uchdan ikki qismi mamlakatning NATO qo‘shilishini istasa, bu albatta, qonuniy hisoblanadi.  

Aprel oyi boshida Finlyandiya bosh vaziri Sanna Marin mamlakat bahorda NATOga a’zo bo‘lishi mumkinligi haqida bayonot bergan edi.  

Finlyandiya mudofaa vaziri Antti Kaykkonen la Repubblica gazetasiga intervyu berganida, mamlakat parlamenti NATOga a’zo bo‘lish masalasini muhokama qilishni Pasxa bayramidan keyin boshlashini ma’lum qildi.