French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
IT ta’lim: Hamkorlik ko‘lami kengaymoqda
10:24 / 2024-06-13

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov The Asia Group boshqaruv direktori Jorj Chen hamda "Faro Foundation" NNT rahbari va asoschisi Byambajargal Ayushjav bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv avvalida The Asia Group  vakili kompaniya haqida ma’lumot berib o‘tdi.  

O‘z navbatida, The Asia Group kompaniyasi AI dasturlarini yaratayotgani va hozirda to‘rt tilda raqamli ta’lim dasturi ishlab chiqilayotgani ta’kidlandi.  

Vazir Sh.Shermatov “English Speaking Nation” va “IT-Nation” loyihalari hamda “Zero Risk” dasturi va IT-Park rezidentlari uchun soliq imtiyozlari haqida qisqacha to‘xtalib o‘tdi.  

Shuningdek, Jorj Chen vazirlikka IT-kompaniyalarni jalb etishda yordam berishga tayyorligini bildirib, xalqaro maydonlarda O‘zbekistonning nufuzini yanada oshirish bo‘yicha o‘z takliflarini berdi.  

Uchrashuv davomida ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlarini kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.  

N.Rahmonova,

O‘zA