Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
IT sohasiga xotin-qizlar jalb etilmoqda
11:27 / 2023-12-07

Mamlakatimizda IT sohasini rivojlantirish, soha uchun malakali mutaxassislar tayyorlash, xususan, Prezidentimizning yaqin yillar ichida O‘zbekistonda bir millionta dasturchi tayyorlash borasidagi topshiriq va takliflari asosida Andijon viloyatida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, mazkur sohaga xotin-qizlarni kengroq jalb etish masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

–Bu borada ayol-qizlarni raqamli ta’limga yo‘naltirish, ularni zamonaviy kasblarga tayyorlash, startap loyihalarni yaratish hamda masofadan turib daromad topish imkoniyatlarini yaratish maqsadida Andijon viloyatda “pilot” tariqasida “Digital girls” loyihasi amalga oshirilmoqda, – deydi Raqamli texnologiyalar vazirligi Andijon viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i Ziyodullo Samatov. – Loyihada ko‘plab opa-singillarimiz faol ishtirok etmoqda.  

[gallery-14940]

Loyihaning birinchi bosqichida 600 nafar talabgor ichidan tanlov asosida 100 nafar ayol-qiz loyiha dasturiga qamrab olindi. Ular 5 ta yo‘nalish – SMM asoslari, grafik dizayn, 3D dizayni, dasturlash va BPO-logistika bo‘yicha Andijon IT parkida tashkil etilgan maxsus kursda tahsil oldi. Amaliy kurslar davomida muayyan bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi. Bugungi kunda ularning barchasi yuqori maosh to‘lanadigan ishlar bilan ta’minlandi.  

Loyiha doirasidagi ikkinchi bosqichda yana 100 nafar ayol-qiz belgilangan dastur asosida o‘qitilmoqda. Umuman, joriy yil davomida mazkur loyiha doirasida 200 nafar ayol-qizni o‘qitish rejalashtirilgan.

Loyihani amalga oshirish uchun Germaniyaning GIZ xalqaro tashkiloti tomonidan 50 ta zamonaviy kompyuter ajratilgan. Loyiha doirasidagi ishlar davom etmoqda.

 

F. Ubaydullayev,

Z. Umrzoqov (surat),

O‘zA muxbirlari