Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
IT Park yoshlar bilan gavjum
11:03 / 2023-07-04

FOTOREPORTAJ

Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari parki — IT Park Xorazm filiali faoliyatini boshlaganiga hali uncha ko‘p bo‘lgani yo‘q. Bu yerda yiliga o‘n ming nafar tinglovchi kompyuter savodxonligi, zamonaviy dasturlash  texnologiyalari, grafik-dizayn, SMM, robototexnika kabi yo‘nalishlarda bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatiga ega.

[gallery-12574]

Markazda yuqori tezlikdagi internet aloqa va so‘nggi rusumdagi kompyuter texnikalari bilan jihozlangan ofislar, kovorking markazi tashkil etilgan. IT Park rezident kompaniyalari soni esa 32 taga yetgan.  

Bugungi kunda mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasb sirlarini o‘rganishga ishtiyoqmand yoshlar soni ko‘pligidan kelib chiqib, bu yerda o‘qitishning ilg‘or usullarini tatbiq etishga, natijadorligini oshirishga e’tibor qaratilmoqda.

 

Behzodbek SAIDOV(surat),O‘zA