Hujum sur’ati hozirgidek davom etsa, Rossiya 2027 yil avgustgacha Donetsk viloyati ustidan to‘liq nazorat o‘rnata olmaydi, deyilgan Urushni o‘rganish instituti (ISW) yangi hisobotida.
Tahlilchilar Rossiyaning g‘alabasi ehtimoldan yiroq ko‘rinishi, oldinga siljish sekin kechishi va qimmatga tushishini ta’kidlamoqda.
ISW ma’lumotida Rossiya kuchlari Pokrovsk va Mirnograd hududi bo‘ylab oldinga intilayotgani, ammo Ukrainaning bardoshli mudofaasiga duch kelganiga urg‘u berilgan. Rossiya bo‘linmalari birinchi marta Pokrovskka 31 iyul kuni kirgan va shundan beri o‘rtacha kunlik oldinga siljish taxminan 0,12 kilometrni tashkil etgan. 26 noyabr holatiga ko‘ra, Rossiya 118 kundan ortiq hujum va kamida ikki armiya guruhi ishtirokiga qaramay, shahar hududining taxminan 66 foizini nazoratiga ololgan.
Hisobot shunday yakunlangan: RF qo‘mondonligi barcha kuchlarni faqat Donetsk sektoriga jamlay olishi ehtimoldan yiroq, chunki Kreml butun front chizig‘i bo‘ylab bosimni saqlab qolishga harakat qilishi juda ko‘p resurs talab qiladi.
S.Rahimov, O‘zA