Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Istirohat bog‘larini boshqarish direksiyalari” tashkil etiladi
11:14 / 2023-03-29

Davlatimiz rahbarining joriy yil 24 martda imzolagan “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatayotgan va raqobat rivojlangan sohalarda davlat ishtirokini yanada qisqartirish maqsadida bir qator chora-tadbirlar belgilandi.

Qarorda Davaktiv agentligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda 2023 yil 1 sentyabrga qadar davlat ixtiyoridagi istirohat bog‘larini xatlovdan o‘tkazib, ularning faoliyatini tubdan takomillashtirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish vazifasi yuklandi.

Bunda nazarda tutilishicha, hududlardagi barcha davlat istirohat bog‘lari tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzurida davlat muassasasi shaklida “Istirohat bog‘larini boshqarish direksiyalari”ni tashkil etgan holda direksiya qaramog‘iga o‘tkaziladi.

 

O‘zA