English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Istiqbolli xalqaro hamkorlik yo‘lga qo‘yildi
17:31 / 2026-02-04

Agrar sohaga zamonaviy tendensiyalar va innovatsion texnologiyalarni joriy qilish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, ilg‘or mamlakatlar tajribasini o‘rganish muhim ahamiyatga ega.

Ayni shu maqsadda Tomorqa yer egalari va dehqon xo‘jaliklari faoliyatini rivojlantirish hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish bo‘yicha kengash raisi S.Annaklichev, “Turonbank” ATB raisi Ch.Mirzayev, “Uzagrostar xolding” direktori F.Muhiddinov hamda “Bulung‘ur – Agro Star” direktori M.Bozorboyev ishtirokida Misr davlatiga xizmat safari tashkil etildi.

Kartoshka yetishtirishning mini tuganakdan tortib, mahsulotlarni eksportga yo‘naltirishgacha bo‘lgan barcha bosqichi bo‘yicha tajriba almashish safar dasturidan o‘rin egallagan.

Yaqin va doimiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida “EFC Plants Tissue Culture S.A.E.” kompaniyasi ijrochi direktori M.Salama bilan memorandum ham imzolandi.

Qayd etish kerak, “EFC Plants Tissue Culture S.A.E.” – urug‘lik kartoshka tuganaklarini to‘qima kultivatsiya orqali ishlab chiqaruvchi Misr–Fransiya innovatsion kompaniyasidir.

Memorandum tomonlar o‘rtasida kartoshkachilik, urug‘lik kartoshka yetishtirish, in-vitro texnologiyalarni joriy etish, ilmiy-innovatsion hamda eksport faoliyati yo‘nalishlarida o‘zaro manfaatli, uzoq muddatli va strategik hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan.

Kompaniya mamlakatimizga 250 mingta Hermes navli kartoshka mini tuganaklarini yetkazib beradi. Ular orqali Misrning ilg‘or tajribalari asosida urug‘lik kartoshkalar O‘zbekistonda yetishtiriladi. Xorijiy kompaniya hosil olinguncha bo‘lgan jarayonlarga mas’ul sifatida 3 nafar ilg‘or mutaxassisini O‘zbekistonga yuboradi.

Bundan tashqari, mazkur hujjat urug‘lik kartoshka yetishtirishning to‘liq siklini joriy etish, hamkorlikda mavjud in-vitro laboratoriyalarni takomillashtirish, O‘zbekiston–Misr qo‘shma korxonasi faoliyati yo‘lga qo‘yilishini ham o‘z ichiga oladi.

Shuningdek, memorandumda Misrda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni O‘zbekiston orqali MDH davlatlariga, O‘zbekistonda yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini esa Misr orqali Afrika davlatlariga eksport qilish ham nazarda tutilgan.

Reklama huquqi asosida

O‘zA