Istiqbolli va salohiyatli biznes samarasi
FOTOREPORTAJ
Yangi Namangan tumanidagi “GLOBAL STAR TEXTILE TRADE” korxonasi eksport ko‘lamini kengaytirmoqda.
2012 yildan buyon barqaror faoliyat ko‘rsatib kelayotgan ushbu korxona bolalar va ayollar uchun 10 turdagi qishki kiyimlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Korxona mahsulotlari asosan Rossiya Federatsiyasiga eksport qilinadi. Bu yerda 120 nafar kishi doimiy ish bilan ta’minlangan.
[gallery-27396]
Korxona Namangan viloyatidagi salohiyatli quvvatlardan hisoblanadi. O‘tgan yili bir million dollarlik mahsulot eksportga chiqarilgan bo‘lsa, joriy yilda bu raqamni karrasiga oshirish va eksport geografiyasini kengaytirish rejalashtirilgan.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA