Istiqbolli rejalar kelishib olindi
Butun dunyoni tashvishga solgan tahlikali paytda, yaʼni COVID — 19 koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash ketayotgan mashaqqatli, sinovli damlarda xalqimizning barcha jabhalarda birdamlik va mustahkam ishonch bilan harakat qilayotgani eʼtiborga molik.
Butun dunyoni tashvishga solgan tahlikali paytda, yaʼni COVID — 19 koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash ketayotgan mashaqqatli, sinovli damlarda xalqimizning barcha jabhalarda birdamlik va mustahkam ishonch bilan harakat qilayotgani eʼtiborga molik.
Prezidentimiz rahbarligida mamlakat ravnaqi yoʻlidagi muhim qarorlarni amalga oshirish yoʻlidan borayotgan turli soha mutaxassislari bugungi kundagi muhim ehtiyotkorlik talablariga amalga qilgan holda ertangi kunning istiqbolli rejalari ustida ham ishlamoqdalar.
Jumladan, Oʻzbekistonning Turkiyadagi elchixonasi koʻmagida Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, Turkiya Oʻrmon bosh boshqarmasi, Turkiya Kastamonu universiteti professor-oʻqituvchilari ishtirokida sohadagi ilmiy va oliy taʼlim yoʻnalishlarida istiqbolli hamkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha onlayn muloqot va muzokaralar tashkil etildi. Uchrashuv davomida oʻrmonchilik, oʻrmon kadastri kabi sohalarda mamlakatlarimiz olimlari oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, sohaning dolzarb muammolari boʻyicha qoʻshma ilmiy loyihalarni ishlab chiqish, ularga Oʻzbekiston Innovatsion rivojlanish vazirligi va Turkiyaning fan va texnologiyalari tashkiloti grant mablagʻlarini jalb etish boʻyicha aniq takliflar koʻrib chiqildi.
Muloqot chogʻida sohada mutaxassislar va talabalar almashinuvini yoʻlga qoʻyish, Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti va Toshkent davlat agrar universiteti bilan Turkiyadagi Kastamonu universiteti oʻrtasida “Mevlana” hamda “Erasmuz+” dasturlarini imzolash masalasi koʻrib chiqildi. Oʻzbekistonda Turkiya universitetlari bilan birgalikda qoʻshma fakultetini tashkil qilish imkoniyatlari muhokama qilindi. Tomonlar xalqaro pandemiya tufayli joriy etilgan cheklovlar nihoyasiga yetgach, Turkiya universitetlari vakillarining Oʻzbekistonga safarini tashkil qilishga kelishib olishdi. Ushbu hamkorlik amaliy natija va samaralarga boy boʻlishi aniq.
Rahimboy Jumaniyozov, Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini
mexanizatsiyalash muhandislari instituti Matbuot xizmati rahbari, dotsent