Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Istiqbolli loyihalar xarajatlarni qisqartiradi
16:01 / 2023-05-26

“Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyati tasarrufida yangi zamonaviy polimer izolyatorlar ishlab chiqarish sexi faoliyat boshladi.

Markaziy Osiyoda yagona bo‘lgan ushbu ishlab chiqarish liniyasi qariyb 5 milliard so‘mlik loyiha doirasida amalga oshirildi. Yangi sexda yillik 140 ming dona 5 turdagi polimer izolyatorlar ishlab chiqariladi. Hozirgacha to‘la import qilib kelingan ushbu mahsulotning mahalliylashtirilishi natijasida Farg‘ona viloyatida yillik 3,5 milliard so‘m mablag‘ tejab qolinadi. Bugungi kunda “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyatining polimer izolyatorlariga bo‘lgan yillik talabi hisobga olinsa, ushbu loyiha 1,5 yilda to‘liq o‘zini qoplaydi. Yangi sexda 20 dan ortiq doimiy ish o‘rinlari yaratildi.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov mazkur yangi  sexda bo‘lib, uning faoliyati bilan tanishdi. Istiqboldagi moyli o‘chirgichlarni modernizatsiya qilish hamda 35–110 kV podstansiyalardagi kuch transformatorlarini korxonaning o‘zida ta’mirlash loyihalarini muhokama qilgan viloyat rahbari iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadigan ushbu loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi.

M.Sulaymonov, O‘zA