Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Istiqbolli loyihalar amaliyotga joriy etilmoqda
14:02 / 2025-07-28

FOTOREPORTAJ

Namangan viloyatida “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida aholi turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan ishlar izchil davom etmoqda. Jumladan, Chortoq tumanidagi Arbag‘ish mahallasida 52 kilometr masofada ichimlik suvi tarmog‘ini tortish ishlari bajarilmoqda.  

Ushbu yirik loyihaga xorijlik mutaxassislar jalb etilgan bo‘lib, uning yakuniga ko‘ra tumanda aholi 24 soat uzluksiz toza ichimlik suvi bilan ta’minlanadi.  

Viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov Chortoq tumanidagi o‘rganishlari doirasida mazkur ob’ektda bo‘lib, bu yerda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. Xitoylik mutaxassislar bilan suhbat chog‘ida loyiha belgilangan muddat va sifat talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozimligini ta’kidladi.

[gallery-24494]

Do‘stlik mahallasi hududida esa 3 kilometr suv tortish va yo‘lni asfaltlash loyihasiga qizg‘in kirishilgan.  

Chortoq soyi qirg‘oqlaridan samarali foydalanish bo‘yicha amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari yana bir e’tiborli loyihalardan. Uning doirasida soy qirg‘oqlarini qisqartirish va atrofdagi bo‘sh maydonlarni qayta tashkil etish orqali tadbirkorlik faoliyati uchun qulay sharoitlar yaratish ko‘zda tutilgan. Jarayonda savdo do‘konlari, turli xizmat ko‘rsatish nuqtalari hamda aholi dam olishi va ommaviy tadbirlar o‘tkazilishi uchun mo‘ljallangan zamonaviy inshootlar barpo etiladi.

Shuningdek, tumanning Alisher Navoiy nomli mahallasida joylashgan, foydalanish muddati o‘tgan va texnik jihatdan eskirgan ko‘p qavatli uylar o‘rnida qayta qurish ishlari amalga oshirilmoqda. Bu yerda 8 qavatli, 96 xonadonli zamonaviy ko‘p qavatli uy barpo etiladi.  

Ayni paytda qurilish ishlari yakuniy bosqichga kirgan — binoda tashqi pardozlash va atrofni obodonlashtirish ishlari olib borilayotir.  

Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA