Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Istiqbolli kadrlarni aniqlab, ular bilan tizimli ravishda ishlash har qachongidan ham dolzarb
08:50 / 2020-07-15

Yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar markazida albatta istiqbolli kadrlarni aniqlash, saralash va ular bilan tizimli ravishda ishlash masalasi har qachongidan ham dolzarb ahamiyat kasb etadi.


Yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar markazida albatta istiqbolli kadrlarni aniqlash, saralash va ular bilan tizimli ravishda ishlash masalasi har qachongidan ham dolzarb ahamiyat kasb etadi.

Navoiy viloyatida bu borada ilk qadamlar tashlanib, oʻtgan davr mobaynida mahalliy hokimliklar, hududiy davlat organlari va tashkilotlarida faoliyat yuritib kelayotgan barcha xodimlar “Davlat xizmatchilarini sinovdan oʻtkazish” modulidagi test jarayonlarida ishtirok etib, ularning aqliy rivojlanish koʻrsatkichi va bilim saviyasi (IQ) hamda “psixologik portreti”ni shakllantirishga erishildi.

Shuningdek, istiqbolli ayol kadrlar zaxirasini yaratish maqsadida viloyat miqyosida samarali mehnat qilib kelayotgan yosh, tashabbuskor va muayyan tajribaga ega

47 nafar xodimlar saralanib, kelgusida ularning kasbga oid sifatlari va alohida xizmatlarini odilona baholash orqali xizmat pogʻonalari boʻyicha koʻtarilishi yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.

Shuning uchun ham oʻz kasbining mohir ustalariga aylangan mutaxassislargina Oʻzbekistonning istiqbolli kelajagi uchun poydevor yaratishlari, zamonaviy texnologiyalardan unumli foydalana olishlari va oʻz navbatida, ustoz-shogird anʼanalarini davom ettirgan holda kelajakda munosib mutaxassislarni tarbiyalashlari mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-oktyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida kadrlar siyosati va davlat fuqarolik xizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni bilan “Oʻzbekiston Respublikasida kadrlar siyosatini va davlat fuqarolik xizmati tizimini tubdan takomillashtirishga oid birinchi navbatdagi chora-tadbirlar dasturi” tasdiqlanib, unga asosan yosh kadrlar uchun davlat organlari va tashkilotlaridagi tajribali rahbarlar va mutaxassislar tomonidan ustozlik institutini joriy etish belgilandi.

Endilikda davlat fuqarolik xizmatida yosh kadrlar bilan tizimli ishlash, ularga malakali ustozlarni biriktirish, xalq taʼbiri bilan aytganda: “Ustoz-shogird” anʼanasini davom ettirish kabi ustuvor vazifalar davlat fuqarolik xizmati sohasida yagona davlat siyosatini yuritishning ajralmas qismi hisoblanadi.

AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Rossiya, Yaponiya, Avstraliya kabi rivojlangan mamlakatlarning tajribali mutaxassislarini yosh xodimlarga ustoz sifatida tayinlanishi va ularning kasbiy iqtidorini rivojlantirishga doir tajribalaridan foydalanish orqali oʻzimizning milliy “Ustozlik institutimiz”ni tashkil etishimiz lozim.

Mamlakatimiz davlat xizmatchilarining professional rivojlanishida yordam berish, yangi ish sharoitlariga koʻnikishi va jamoaga kirishishida koʻmaklashish, lavozim vazifalarini bajarishga vijdonan va intizomli yondashishni oʻrgatish maqsadida ustozlik davlat xizmatiga birinchi marta qabul qilingan yoki yuqori lavozimlarga tayinlangan, oʻzi egallab turgan lavozimdan boshqa yoʻnalishdagi lavozimga tayinlangan davlat xizmatchilariga nisbatan qoʻllash rejalashtirilmoqda.

Shu bilan birga, ustozlik ishini tashkil etish, ustozlikka qoʻyiladigan talablar va ular faoliyatini baholash indikatorlarini qayta ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi.

Xatirchi va Tomdi tuman hokimliklari hamda 5 ta viloyat tashkilotlarida davlat fuqarolik xizmatini rivojlantirish jarayonlari va istiqbollarini tahlil qilish orqali milliy “Ustozlik instituti”ni joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi belgilandi.

Xulosa oʻrnida shuni aytish mumkinki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Navoiy viloyat filialining asosiy maqsadi istiqbolli kadrlar bilan ishlash orqali yosh malakali kadrlar safini kengaytirish, ularning bilim koʻnikmasini boyitish, ilm sirlarini egallashlarida nafaqat xalqaro tajriba, shu bilan birga, milliy tizim hisoblangan “Ustoz-shogird” anʼanasidan samarali foydalanishda amaliy yordam koʻrsatishdan iboratdir.

Zafar Sultonov , Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi
Navoiy viloyat filiali rahbari