Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Istiqbolli hamkorlik samaralari
14:49 / 2022-08-01

Farg‘ona viloyati delegatsiyasining Germaniya va Avstriyaga tashrifi davomida umumiy qiymati 238,9 million dollar bo‘lgan 8 ta investitsiyaviy va eksport shartnomalari imzolandi.

Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi viloyat hokimligi mas’ullari, viloyatning yirik tadbirkorlaridan iborat Farg‘ona viloyati delegatsiyasi amaliy tashrif bilan Germaniya va Avstriyada bo‘lib qaytdi.  

25-30 iyul kunlari bo‘lib o‘tgan tashrif davomida Germaniyaning Frankfurt, Nyurnberg, shuningdek, Avstriyaning Mixeldorf shaharlarida nemis moliya institutlari, tibbiyot, sanoat va qishloq xo‘jaligi bilan bog‘liq davlat idoralari va kompaniyalar bilan uchrashuv hamda muzokaralar o‘tkazildi.  

Muzokaralar chog‘ida dunyodagi hozirgi siyosiy vaziyatdan kelib chiqib, Germaniya tadbirkorlari va moliya institutlari O‘zbekistonni muhim iqtisodiy hamkor sifatida ko‘rayotgani alohida ta’kidlandi.  

Tashrif davomida jami 30 dan ortiq kompaniyalar bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi va umumiy qiymati 238,9 million dollarlik 8 ta, shu jumladan, 232 million dollarlik 4 ta investitsiyaviy, 6,9 million dollarlik 3 ta eksport shartnomasi, 1 ta hamkorlik kelishuvi imzolandi.  

M.Sulaymonov, O‘zA