Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Istiqbolli hamkorlik aloqalari yanada kengayadi
14:33 / 2022-11-24

Fransiyaning “Orano Group” kompaniyasi O‘zbekistonda 2019 yildan buyon faoliyat yuritadi. Kompaniya Navoiy viloyatidagi “Jangeldi” konida uranni qidirish va qazib olish faoliyatini rivojlantirish uchun Davlat geologiya qo‘mitasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Istiыbolli aloыalar natijasida “Nurlikum Mining” qo‘shma korxonasi tashkil etildi.

Mazkur korxonada “Jangeldi” loyihasidan tashqari yangi uran konlarini o‘zlashtirish bo‘yicha bir qator strategik loyihalar amalga oshirilmoqda.  

Prezidentimizning joriy yil 21-22 noyabr kunlari Fransiya Respublikasiga tashrifi davomida O‘zbekiston – Fransiya munosabatlarini yanada kengaytirishga qaratilgan bir qator kelishuvlar imzolandi. Jumladan, “Fransiya taraqqiyot agentligi bilan 2023-2025 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturini amalga oshirish bo‘yicha strategik sheriklik to‘g‘risida”gi bitim hamda “Tashqi siyosiy idoralar o‘rtasidagi 2023-2024 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi”dan “Orano Group” kompaniyasi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi hamda “Navoiyuran” davlat korxonasi o‘rtasida uch tomonlama kelishuv ham o‘rin olgan.  

– “Navoiyuran” DK ko‘p yillik tajriba va salohiyatga ega bo‘lgan uran ishlab chiqaruvchi bo‘lib, hamkorlar tomonidan ham alohida e’tirof etilgan. Ushbu kelishuvning imzolanishi mazkur sektorning yirik yetakchilaridan biri “Orano Group” kompaniyasi bilan hamkorlik kelishuvlarimizni yanada mustahkamlaydi. Shu bilan birga belgilangan maqsadlarga erishishimizda, bilim va ko‘nikmalarimizni, texnik va moliyaviy resurslarimizni birlashtirish uchun qulay sharoitlarni yaratadi, – deydi “Navoiyuran” DK bosh direktori Jahongir Hasanov. – Shuningdek, shartnomada bir qator qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish, jumladan, “Jangeldi” loyihasini rivojlantirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash, yangi qo‘shma geologiya-qidiruv loyihalarini ishlab chiqish, konni modernizatsiya va transformatsiya qilish jarayonida “Navoiyuran” DKni qo‘llab-quvvatlash belgilangan.  

Prezidentimizning 2022 yil 14 iyuldagi “2022-2030 yillarda “Navoiyuran” davlat korxonasida uranni qazib olish, qayta ishlash hajmlarini oshirish hamda uni transformatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan mamlakatimiz uran ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish bo‘yicha yangi bosqichga qadam qo‘ydi. Maqsad 2030 yilgacha mavjud foydali qazilma zaxiralari va yillik ishlab chiqarish hajmini ikki baravar oshirishdir.  

 

A.Bo‘riyev,  

O‘zA